● TEZKOR
Suv tarmoqlarida raqamli nazorat: nosozliklarni oldindan aniqlash imkoniyati
Texnologiya

Suv tarmoqlarida raqamli nazorat: nosozliklarni oldindan aniqlash imkoniyati

Suv ta'minoti tizimida samaradorlik faqat yangi quvurlar yotqizish yoki inshootlar barpo etish bilan belgilanmaydi. Mavjud infratuzilmani oqilona boshqarish, tarmoqlardagi nosozliklarni o'z vaqtida aniqlash, suv yo'qotishlarining oldini olish ham bu borada muhim ahamiyatga ega. Bugun dunyoda suv xo'jaligini raqamli texnologiyalar asosida boshqarishga e'tibor kuchayayotgani ham bejiz emas. Bu borada xalqaro tajribani o'rganish va ilg'or yechimlarni mahalliy amaliyotga tatbiq etish maqsadida O'zsuvta'minot aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari Hindistonning Bangalor shahrida o'tkazilgan o'quv-amaliy seminarda ishtirok etdi. Amerikaning Nobel Systems kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda suv ta'minoti tizimini raqamli boshqarish, suv yo'qotishlarini kamaytirish, quvur tarmoqlaridagi nosozliklarni erta aniqlash hamda avariya xizmatlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar o'rganildi. Seminar doirasida Hindiston tajribasi, sun'iy intellekt imkoniyatlari va ulardan suv ta'minoti sohasida foydalanish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi. Xususan, raqamli boshqaruv vositalari orqali suv tarmoqlari holatini muntazam kuzatib borish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni oldindan aniqlash va ularga tezkor munosabat bildirish imkoniyatlari muhokama qilindi. E'tiborlisi, bu yo'nalishdagi hamkorlik nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmayapti. Jumladan, Jizzax suv ta'minoti aksiyadorlik jamiyati Nobel Systems bilan birgalikda GIS va Work Order tizimlari, shuningdek, GeoViewer dasturi orqali suv tarmoqlarini kuzatish, suv sizib chiqishi holatlarini aniqlash hamda avariya-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini raqamlashtirish ustida ish olib bormoqda. Mazkur hamkorlikning amaliy bosqichi sifatida bir oy avval kompaniya vakillari Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Jizzax shahridagi markaziy ichimlik suvi quvurlariga suv bosimini o'lchash va ehtimoliy avariya holatlarini erta aniqlashga mo'ljallangan maxsus uskunalar sinov tariqasida o'rnatildi. Ayni paytda ushbu qurilmalar bilan bog'liq sinov ishlari davom etmoqda. Bu kabi texnologiyalarning ahamiyati shundaki, ular suv ta'minoti tarmoqlaridagi holatni aniq ma'lumotlar asosida baholash, nosozliklarni tezkor aniqlash va ta'mirlash ishlarini maqsadli tashkil etishga yordam beradi.

Texnologiya

AQSh kosmosda ulkan hisoblash tarmogini yaratmoqchi

Amerikaning Cowboy Space kompaniyasi yuqori bosqichi orbitaga chiqqach suniy intellekt uchun data-markaz vazifasini bajaradigan Big Iron raketasi loyihasini namoyish etdi. Kompaniya shu usulda Yerga yaqin past orbitaga 20 mingta hisoblash markazini joylashtirmoqchi. Bu haqda kompaniya vakillari maxsus taqdimot davomida malum qildi. Kaliforniyadagi Cowboy Space kompaniyasiga Robinhood platformasi hammuassisi Bayju Bxatt asos solgan. Kompaniya kosmik data-markazlarni ham, ularni orbitaga olib chiqadigan raketalarni ham mustaqil ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bxatt Big Sky Rising tadbirida yangi raketa Big Iron deb atalishini malum qildi. Orbitada ishlaydigan data-markaz ham shu nomni oladi cunki kompaniya raketani va suniy yulduzni yagona tizim sifatida loyihalashtirgan. Asosiy goyaga kora, raketaning yuqori bosqichi orbitaga chiqqandan keyin hisoblash uskunalari ornatilgan suniy yulduz sifatida ishlashda davom etadi. Kompaniya bu yondashuv konstruksiyadagi ortiqcha qismlar va massani kamaytirishga yordam berishini taqidlamoqda. Loyihaga kora, zanglamaydigan poletdan tayyorlanadigan raketaning balandligi 86 metr, diametri esa 4,7 metr boladi. U Cowboy Space ishlab chiqayotgan Clydesdale dvigatellari bilan jihozlanadi. Birinchi bosqichga toqqizta, ikkinchi bosqichga esa bitta dvigatel ornatilishi rejalashtirilgan. Dvigatellar soni boyicha xuddi shunday sxema SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasida ham qollaniladi. Big Ironning birinchi bosqichi qayta foydalanishga moljallangan. Taqdimotda korsatilgan kompyuter animatsiyasida u Yerga qaytib, dengizdagi platformaga qonishi aks etgan. Raketaning yuqori bosqichi esa orbitada qolib, Big Iron suniy yulduziga aylanadi. Apparatning massasi taxminan 15 tonna bolib, quyoş panellari yoyilgandan keyin uning uzunligi 132 metrga yetadi.

Texnologiya

Turkiya samolyotlar va dengiz dronlari uchun ulkan aviatashuvchi qurmoqda

Turkiyada qurilayotgan 60 ming tonnali MUGEM aviatashuvchisi samolyotlar bilan birga uchuvchisiz uchish apparatlari, ekipajsiz katerlar va suvosti dronlarini ham olib yurishi rejalashtirilgan. Mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari qo'mondoni Erjument Tatliöğlining ta'kidlashicha, u uch turdagi uchuvchisiz va ekipajsiz tizimlarni birlashtirgan dunyodagi ilk aviatashuvchi bo'ladi. MUGEM qurilishi 2025-yil yanvardan Istanbul harbiy-dengiz kemasozlik zavodida olib borilmoqda. Uni suvga tushirish dastlabki rejaga ko'ra, 2027-yil sentabrga mo'ljallangan. Flotga topshirish yoki safga kiritish esa 2032-yilda kutilmoqda. MUGEM qisqartmasi turkcha Milli Uçak Gemisi - milliy aviatashuvchi nomidan olingan. Kema mustaqil loyiha asosida yaratilmoqda va mavjud TCG Anadolu universal desant kemasining o'zgartirilgan varianti hisoblanmaydi. Loyihaga ko'ra, aviatashuvchining uzunligi 285 metr, eni 72 metr, suvga botish chuqurligi esa 10,1 metr bo'ladi. To'liq suv sig'imi taxminan 60 ming tonnani tashkil etadi - bu TCG Anadolu ko'rsatkichidan qariyb 2,2 baravar katta. Kemaning maksimal tezligi soatiga 48 kilometrdan oshishi, suzish masofasi esa 18 500 kilometrga yetishi ko'zda tutilgan. Bortda asosiy ekipaj, uchuvchilar, texnik mutaxassislar va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarni qo'shib hisoblaganda, 2500 kishigacha joylashishi mumkin. Aviatashuvchi 50 dan ortiq turli uchish apparatini olib yurishi mumkin. Uning aviaguruhi asosini Turkiyaning Hürjet o'quv-jangovar samolyoti tashkil etishi ehtimol qilinmoqda. Hozir ushbu samolyotning palubaga mos versiyasi ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, Kızılelma reaktiv hujumkor droni, Anka-3 uchuvchisiz apparati va Bayraktar TB3 dronidan foydalanish rejalashtirilgan. Turkiya Kaan qiruvchisining aviadan uchib, palubaga qo'na oladigan variantini ham ishlab chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Kemaning energetik qurilmasi har biri taxminan 23 megavatt quvvatga ega to'rtta GE LM2500 gaz turbinasidan iborat bo'lishi ko'zda tutilgan. Past tezlikda energiya sarfini samarali boshqarish uchun elektr yuritma elementlari ham nazarda tutilmoqda.

🔥 Trenddagi yangiliklar

So‘nggi yangiliklar

searchTV.uz
Suv tarmoqlarida raqamli nazorat: nosozliklarni oldindan aniqlash imkoniyati
Texnologiya 👁 17 📅 04.11.2026

Batafsil →
AQSh kosmosda ulkan hisoblash tarmogini yaratmoqchi
Texnologiya 👁 18 📅 01.11.2026

AQSh kosmosda ulkan hisoblash tarmogini yaratmoqchi

Amerikaning Cowboy Space kompaniyasi yuqori bosqichi orbitaga chiqqach suniy intellekt uchun data-markaz vazifasini bajaradigan Big Iron raketasi loyihasini namoyish etdi. Kompaniya shu usulda Yerga yaqin past orbitaga 20 mingta hisoblash markazini joylashtirmoqchi. Bu haqda kompaniya vakillari maxsus taqdimot davomida malum qildi. Kaliforniyadagi Cowboy Space kompaniyasiga Robinhood platformasi hammuassisi Bayju Bxatt asos solgan. Kompaniya kosmik data-markazlarni ham, ularni orbitaga olib chiqadigan raketalarni ham mustaqil ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bxatt Big Sky Rising tadbirida yangi raketa Big Iron deb atalishini malum qildi. Orbitada ishlaydigan data-markaz ham shu nomni oladi cunki kompaniya raketani va suniy yulduzni yagona tizim sifatida loyihalashtirgan. Asosiy goyaga kora, raketaning yuqori bosqichi orbitaga chiqqandan keyin hisoblash uskunalari ornatilgan suniy yulduz sifatida ishlashda davom etadi. Kompaniya bu yondashuv konstruksiyadagi ortiqcha qismlar va massani kamaytirishga yordam berishini taqidlamoqda. Loyihaga kora, zanglamaydigan poletdan tayyorlanadigan raketaning balandligi 86 metr, diametri esa 4,7 metr boladi. U Cowboy Space ishlab chiqayotgan Clydesdale dvigatellari bilan jihozlanadi. Birinchi bosqichga toqqizta, ikkinchi bosqichga esa bitta dvigatel ornatilishi rejalashtirilgan. Dvigatellar soni boyicha xuddi shunday sxema SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasida ham qollaniladi. Big Ironning birinchi bosqichi qayta foydalanishga moljallangan. Taqdimotda korsatilgan kompyuter animatsiyasida u Yerga qaytib, dengizdagi platformaga qonishi aks etgan. Raketaning yuqori bosqichi esa orbitada qolib, Big Iron suniy yulduziga aylanadi. Apparatning massasi taxminan 15 tonna bolib, quyoş panellari yoyilgandan keyin uning uzunligi 132 metrga yetadi.

Batafsil →
Turkiya samolyotlar va dengiz dronlari uchun ulkan aviatashuvchi qurmoqda
Texnologiya 👁 28 📅 27.10.2026

Turkiya samolyotlar va dengiz dronlari uchun ulkan aviatashuvchi qurmoqda

Turkiyada qurilayotgan 60 ming tonnali MUGEM aviatashuvchisi samolyotlar bilan birga uchuvchisiz uchish apparatlari, ekipajsiz katerlar va suvosti dronlarini ham olib yurishi rejalashtirilgan. Mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari qo'mondoni Erjument Tatliöğlining ta'kidlashicha, u uch turdagi uchuvchisiz va ekipajsiz tizimlarni birlashtirgan dunyodagi ilk aviatashuvchi bo'ladi. MUGEM qurilishi 2025-yil yanvardan Istanbul harbiy-dengiz kemasozlik zavodida olib borilmoqda. Uni suvga tushirish dastlabki rejaga ko'ra, 2027-yil sentabrga mo'ljallangan. Flotga topshirish yoki safga kiritish esa 2032-yilda kutilmoqda. MUGEM qisqartmasi turkcha Milli Uçak Gemisi - milliy aviatashuvchi nomidan olingan. Kema mustaqil loyiha asosida yaratilmoqda va mavjud TCG Anadolu universal desant kemasining o'zgartirilgan varianti hisoblanmaydi. Loyihaga ko'ra, aviatashuvchining uzunligi 285 metr, eni 72 metr, suvga botish chuqurligi esa 10,1 metr bo'ladi. To'liq suv sig'imi taxminan 60 ming tonnani tashkil etadi - bu TCG Anadolu ko'rsatkichidan qariyb 2,2 baravar katta. Kemaning maksimal tezligi soatiga 48 kilometrdan oshishi, suzish masofasi esa 18 500 kilometrga yetishi ko'zda tutilgan. Bortda asosiy ekipaj, uchuvchilar, texnik mutaxassislar va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarni qo'shib hisoblaganda, 2500 kishigacha joylashishi mumkin. Aviatashuvchi 50 dan ortiq turli uchish apparatini olib yurishi mumkin. Uning aviaguruhi asosini Turkiyaning Hürjet o'quv-jangovar samolyoti tashkil etishi ehtimol qilinmoqda. Hozir ushbu samolyotning palubaga mos versiyasi ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, Kızılelma reaktiv hujumkor droni, Anka-3 uchuvchisiz apparati va Bayraktar TB3 dronidan foydalanish rejalashtirilgan. Turkiya Kaan qiruvchisining aviadan uchib, palubaga qo'na oladigan variantini ham ishlab chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Kemaning energetik qurilmasi har biri taxminan 23 megavatt quvvatga ega to'rtta GE LM2500 gaz turbinasidan iborat bo'lishi ko'zda tutilgan. Past tezlikda energiya sarfini samarali boshqarish uchun elektr yuritma elementlari ham nazarda tutilmoqda.

Batafsil →
Xitoy suvosti dronlari uchun ikkita suvofiy baza quryaptimi?
Texnologiya 👁 27 📅 20.10.2026

Xitoy suvosti dronlari uchun ikkita suvofiy baza quryaptimi?

Xitoyning Guanchjou shahrida yirik suvosti dronlarini tashish va ularga xizmat koʻrsatishga moʻljallangani taxmin qilinayotgan yangi kema tasvirga olindi. U avval Shanhayda kuzatilgan kemaga oʻxshaydi. Yangi suratlar mamlakatda shunday vazifadagi kamida ikkita kema qurilayotgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatmoqda. The War Zone nashri yozishicha, taxminan bir oy avval Shanhaydagi Chansindao oroli verfida gʻayrioddiy kema qurilishi yakunlanishga yaqinlashgani haqida xabarlar paydo boʻlgan. Uning konstruksiyasi suvosti uchuvchisiz apparatlarini joylashtirish, suvga tushirish va ularga xizmat koʻrsatish uchun moslashtirilgan boʻlishi mumkin. Guanchjouda olingan yangi tasvirda umumiy koʻrinishi shanxaylik kemaga juda oʻxshash, ammo kichikroq kema aks etgan. Dastlabki baholarga koʻra, u avvalgisidan taxminan uchdan birga kichik. Korpus shaklida ham ayrim farqlar bor. Yangi kemada oltita koʻtarish minorasi koʻrinadi. Shanhaydagi yirikroq kemada esa oltita katta va oltita kichik konstruksiya mavjud. Ikkala loyihada ham oldingi ustqurma ortida parvoz palubasi va angar joylashgan, tutun quvurlarining oʻrni ham oʻxshash. Hozircha bu kemalar, avvalo, tajriba platformalari sifatida baholanmoqda. Ularning aniq vazifalari va imkoniyatlari haqida ochiq maʼlumotlar cheklangan. Bunday kemalar yirik suvosti dronlarini Xitoy sohillaridan uzoq hududlarga olib borish, suvga tushirish, qaytarib olish va texnik xizmat koʻrsatish imkonini berishi mumkin. Bu uzoq vaqt mustaqil patrullik qila oladigan apparatlardan foydalanishni osonlashtiradi. Katta masofaga harakatlana oladigan suvosti dronlari dengiz tubini xaritalash, minalarni qidirish, suvosti kemalari va suv ustidagi nishonlarni aniqlash kabi vazifalarni bajarishi mumkin. Istiqbolda bunday apparatlardan qanotli raketalar yoki boshqa dronlarni uchirish uchun foydalanish ehtimoli ham muhokama qilinmoqda. Biroq bu imkoniyatlar aynan suratdagi kemalar yoki ular tashiydigan apparatlarda mavjudligi tasdiqlangan emas. Materialda bunday flotning kengayishi Xitoyning Tinch okeanidagi uzoq hududlarda operatsiyalar oʻtkazish imkoniyatlarini oshirishi mumkinligi taʼkidlangan. AQSH obyektlariga ehtimoliy tahdid haqidagi mulohazalar esa hozircha ushbu texnologiyalarning kelajakdagi qoʻllanishiga oid baholardir.

Batafsil →
Tesla’dan uchar mashina taqdimoti: Roadster sport qanday model?
Texnologiya 👁 30 📅 16.10.2026

Tesla’dan uchar mashina taqdimoti: Roadster sport qanday model?

Amerikaning Tesla kompaniyasi qariyb to'qqiz yillik kechikishdan so'ng ikkinchi avlod Roadster elektr sport avtomobilini rasman namoyish etdi. Mazkur taqdimot 15-oktabr kuni Texas shtatidagi SpaceX raketa sinov maydonida bo'lib o'tdi. Tadbir odatiy avtomobil namoyishidan ko'ra ko'proq kaskadyorlik shousini eslatdi. Oq rangdagi ikki o'rinli avtomobil katta egri rampaga ko'tarilib, kuzov ostidagi so'ruvchi ventilyatorlar yordamida unga yopishgancha butunlay teskari holatga keldi. Shundan so'ng o'rnatilgan sovuq gazli trasterlar yordamida avtomobil rampadan uzilib, havoda aylandi va yerga muvaffaqiyatli qo'ndi. Keyingi namoyishda esa u bir qator Tesla avtomobillari va Semi yuk mashinasi ustidan sakrab o'tdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan namoyishlar vaqtida mashina haydovchisiz, avtonom rejimda harakatlandi. Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask taqdimot davomida kelajakda uchar mashinalar ham borligini ta'kidlab o'tdi. Kompaniya ma'lumotiga ko'ra, Roadster uch xil ko'rinishda bozorga chiqariladi. Ikki o'rinli asosiy Performance versiyasi faol aerodinamika va so'ruvchi tizimga ega bo'lib, soatiga 97 kilometr tezlikka 1,6 soniyadan kam vaqtda chiqadi. Orqa trasterlar qo'shilgan Thrust versiyasida esa bu ko'rsatkich 0,9 soniyagacha qisqaradi. Shuningdek, bir o'rinli Rocket versiyasi qo'shimcha trasterlar yordamida yerdan ko'tarila olish imkoniyatiga ega ekanligi ma'lum qilindi. Barcha versiyalar uchun 480 kilometrdan ortiq yurish masofasi va soatiga 370 kilometrdan yuqori tezlik va'da qilinmoqda. Taqdimot tadbirida esa avtomobil 0,81 soniyada soatiga 97 kilometr tezlikka chiqqani amalda ko'rsatildi.

Batafsil →
Uchuvchi o'rniga suniy intellekt: Hindiston uchuvchisiz jangovar aviatsiya poygasiga qo'shildi
Texnologiya 👁 28 📅 16.10.2026

Uchuvchi o'rniga suniy intellekt: Hindiston uchuvchisiz jangovar aviatsiya poygasiga qo'shildi

Hindistonning Flying Wedge Defence & Aerospace kompaniyasi suniy intellekt boshqaruviga mo'ljallangan FWD Supreme jangovar samolyotining to'liq o'lchamli yerdagi prototipini namoyish etdi. Ishlab chiqaruvchi mazkur ishlanmani mamlakatdagi shu turdagi birinchi mahsulot sifatida taqdim qilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu qadam Hindistonning harbiy texnologiyalar sohasidagi salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. The Times of India nashrining xabar berishicha, yangi apparat mustaqil ravishda parvoz qilish, optimal yo'nalishni belgilash hamda murakkab taktik manyovrlarni bajarish imkoniyatiga ega. Kompaniya mazkur uchuvchisiz ucish apparatidan kelgusida razvedka qilish, kuzatuv olib borish, nishonlarga zarba berish hamda boshqa harbiy samolyotlar bilan birgalikdagi qo'shma operatsiyalarda foydalanishni rejalashtirmoqda. Texnik xususiyatlarga ko'ra, FWD Supreme Heavy taxminan bir tonna vaznli uchish apparatlari toifasiga kiritilgan. Ishlab chiqaruvchi e'lon qilgan ko'rsatkichlarga asosan, uning kreyserlik tezligi soatiga 500-600 kilometrni tashkil etadi. Shuningdek, apparatning uzluksiz parvoz davomiyligi ikki soatga teng bo'lib, uning foydali yuk ko'tarish quvvati qariyb 350 kilogrammni tashkil qilishi kutilmoqda. Kompaniya taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, samolyotning parvoz masofasi 1500 kilometrdan ortiqni tashkil etishi mo'ljallangan. Biroq, ta'kidlash joizki, mazkur raqamlar hozircha faqat ishlab chiqaruvchining rasmiy bayonotlariga asoslangan bo'lib, mustaqil manbalar tomonidan to'liq tasdiqlanmagan. Ayni paytda o'tkazilgan taqdimotda faqat yerdagi prototip namoyish etildi va hozircha amaldagi parvoz sinovlari natijalari jamoatchilikka taqdim etilmadi. Shunga qaramay, FWDA vakillarining ma'lum qilishicha, ushbu platforma to'liq Hindistonning o'zida ishlab chiqilgan va mamlakat hududida tayyorlanadi. Loyiha mualliflarining asosiy maqsadi o'z texnologiyalari, ilg'or suniy intellekt tizimlari hamda ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich oshirish orqali zamonaviy jangovar aviatsiyani sezilarli darajada arzonlashtirishdan iborat. Bu esa Hindistonning mudofaa sanoatida o'zini o'zi ta'minlash darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil →
Kosmosdan okeanga, okeandan Texasga: Starship qariyb uch oyda uyiga qaytdi
Texnologiya 👁 27 📅 16.10.2026

Kosmosdan okeanga, okeandan Texasga: Starship qariyb uch oyda uyiga qaytdi

SpaceX kompaniyasining Ship 40 kemasi suborbital parvoz va okean bo'ylab uzoq safardan keyin Texasdagi Starbase kosmodromiga muvaffaqiyatli qaytarildi. Ushbu apparat parvozdan so'ng bazaga olib kelingan birinchi Starship hisoblanadi. Bu muhandislarga atmosferaga qayta kirish vaqtida og'ir yuklamalarni boshdan kechirgan konstruksiyani bevosita o'rganish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Ayni paytda SpaceX Ship 40 kemasining yangi suratlarini jamoatchilikka e'lon qildi. Apparat hozirda Megabay angari ichida tik holatda o'rnatilgan bo'lib, uning yonida parvozga tayyorlanayotgan yana uchta yangi Starship kemasi turibdi. Bu esa kompaniyaning o'z dasturini jadal sur'atlar bilan davom ettirayotganidan dalolat beradi. Eslatib o'tamiz, Ship 40 raketalar tizimining 13-sinov uchirilishi doirasida 24-iyul kuni fazoga parvoz qilgan edi. Mazkur suborbital parvoz Hind okeaniga boshqariladigan qo'nish bilan yakunlangan. Apparat konstruksiyasining katta qismi saqlanib qolgan va suv yuzasida muvaffaqiyatli turgan. Shundan so'ng SpaceX mutaxassislari uni bazaga qaytarish uchun murakkab operatsiyani tashkil etishdi. Uzunligi 52 metrni tashkil etuvchi kemani notinch dengiz sharoitida 24 kun davomida shatakka olishdi. Safar sharoiti shunchalik qiyin bo'lganki, hatto Ilon Mask ham ushbu operatsiyaning muvaffaqiyatli yakunlanishiga shubha bildirgan edi. Avgust oyida Ship 40 Avstraliyaga qarashli orol yaqiniga yetkazib berildi. U yerdagi sokinroq suvlarda muhandislar apparatni yaqindan ko'zdan kechirib, uning pastki qismidagi issiqlikdan himoya qoplamasidan muhim namunalar olishga muvaffaq bo'lishdi. Shundan so'ng Starship yirik yarim cho'kuvchi Forte transport kemasiga yuklandi. Kema 7-oktabr kuni Texasdagi Braunsvill portiga yetib keldi va Ship 40 quruqlik orqali Starbase majmuasiga olib borilib, angarga joylashtirildi. Endilikda muhandislar kemani har tomonlama batafsil tekshiruvdan o'tkazishni rejalashtirgan. Parvoz va atmosferaga qayta kirish jarayoni konstruksiya hamda issiqlikdan himoya qoplamasiga qanday ta'sir qilgani o'rganiladi. Olingan barcha qimmatli ma'lumotlar kelgusida Starship tizimini yanada takomillashtirish va uning xavfsizligini oshirish ishlarida amalda qo'llaniladi.

Batafsil →
Aerodromsiz uchadi va 10 soatdan ortiq havoda qoladi: AQShda yangi harbiy dron taqdim etildi
Texnologiya 👁 32 📅 15.10.2026

Aerodromsiz uchadi va 10 soatdan ortiq havoda qoladi: AQShda yangi harbiy dron taqdim etildi

AQShning Ideal Aerosmith kompaniyasi razvedka, kuzatuv va bir martalik zarbalar uchun mo'ljallangan Troublemaker nomli yangi harbiy dronni taqdim etdi. Ishlab chiqaruvchining ma'lumotlariga ko'ra, mazkur uchuvchisiz uchish apparati 10 soatdan ortiq vaqt davomida uzluksiz ravishda havoda qolish imkoniyatiga ega. Shuningdek, u 1380 kilometrdan ziyod masofani bosib o'tish hamda 14 kilogrammgacha bo'lgan foydali yukni ko'tarib harakatlanish quvvatiga ega. Breaking Defense nashrining yozishicha, o'rta masofaga mo'ljallangan ushbu dron an'anaviy aerodromlar hamda rivojlangan yer usti infratuzilmasisiz ham to'laqonli qo'llanilishi mumkin. Apparatni ishga tushirish uchun katapulta yoki maxsus yuk avtomobiliga o'rnatilgan mobil qurilmalardan foydalaniladi. Parvoz yakunida esa odatiy uchish-qo'nish yo'lagi talab etilmaydi, buning o'rniga maxsus tayanch konstruksiyasi qo'llaniladi. Troublemaker dronining asosiy vazifalari sirasiga razvedka o'tkazish, muhim ma'lumotlarni to'plash, raqibning havo hujumidan mudofaa va radar vositalarini chalg'ituvchi soxta nishon sifatida xizmat qilish hamda bir martalik zarbalar berish kiradi. Agar jangovar vazifa apparatning yo'q qilinishi bilan tugamasa, uni qaytarib olib, qayta foydalanish imkoniyati ham mavjud. Kompaniya aynan shu moslashuvchanlik va tejamkorlikni loyihaning asosiy afzalliklaridan biri sifatida ta'kidlamoqda. Qayta foydalanish imkoniyati umumiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin, biroq amaldagi tejamkorlik darajasi bevosita dronning narxi, uni tiklashga sarflanadigan mablag' va takroriy parvoz shartlariga bog'liq bo'ladi. Ideal Aerosmith mutaxassislari Troublemaker dronini zamonaviy dronlar to'dasi (royp) tarkibida ham muvaffaqiyatli qo'llash mumkinligini ma'lum qildi. Biroq apparatlarning mustaqil harakatlanish darajasi, o'zaro ma'lumot almashish tizimi hamda GPS signallari ishlamagan yoki radioelektron xalaqitlar mavjud sharoitdagi barqarorligi haqidagi texnik tafsilotlar hozircha ochiqlanmagan. Ayni paytda kichik seriyali ishlab chiqarish jarayoni yo'lga qo'yilgan bo'lib, kompaniya ma'lumotiga ko'ra, hozirgacha jami 26 ta Troublemaker droni ishlab chiqarilgan. Hozirgi kunda haftasiga qariyb ikkita dron tayyorlanmoqda. Ishlab chiqaruvchi vakillarining ta'kidlashicha, talab keskin oshgan taqdirda, mavjud infratuzilmani kengaytirish orqali bu ko'rsatkichni haftasiga 20 tagacha yetkazish imkoniyati mavjud. Albatta, bu rasman tasdiqlangan buyurtmalar emas, balki korxonaning ehtimoliy ishlab chiqarish quvvatidir.

Batafsil →
Ilon Mask Starshield boyicha yakuniy qaror AQSH prezidentiga bog‘liqligini bildirdi
Texnologiya 👁 21 📅 15.10.2026

Ilon Mask Starshield boyicha yakuniy qaror AQSH prezidentiga bog‘liqligini bildirdi

Ilon Mask Ukraina foydalanayotgan Starshield sun'iy yo'ldosh tizimida tezlik va foydalanish cheklovlarini SpaceX emas, AQSH harbiylari belgilashini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, mazkur tizim bo'yicha yakuniy qaror AQSH prezidenti vakolatiga kiradi. Ushbu bayonot Ukraina dronlarining sun'iy yo'ldosh aloqasida uzilishlar kuzatilgani haqidagi xabarlar fonida e'lon qilindi. DW xabariga ko'ra, Mask 14-oktabr kuni Starshield tizimlari AQSH hukumatiga tegishli va uning nazorati ostida ekanini ta'kidlagan. Shu bilan birga, u Starlink SpaceX ning tijorat xizmati ekanini, undan fuqarolik yoki mudofaa vazifalarida foydalanish mumkinligini, biroq hujumkor harbiy operatsiyalar uchun mo'ljallanmaganini bildirgan. Maskning bayonoti Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fedorovning dronlar va Starlink tarmog'i o'rtasidagi aloqa bosqichma-bosqich tiklanayotgani haqidagi izohiga javob tariqasida yangradi. Bungacha Ukraina harbiylari va rasmiylari SpaceX frontda ishlatilayotgan Starlink terminallari faoliyatini ogohlantirmasdan cheklaganini ma'lum qilgan edi. Fedorovning sobiq maslahatchisi Sergey Sternenkoning ma'lum qilishicha, 14-oktabrga o'tar kechasi dron tezligi soatiga 60-70 kilometrga yetganda Starlink interneti ishlashdan to'xtagan. Avval bu chegara soatiga 160 kilometr bo'lgan. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, cheklovlar birinchi navbatda harbiy maqsadlarga mo'ljallangan Starshield tarmog'iga taalluqli bo'lgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya dronlarini, jumladan, reaktiv uchish apparatlarini urib tushiruvchi tutuvchi dronlarning muvaffaqiyatli ishlashi ko'p jihatdan Starlink aloqasiga bog'liqligini bir necha bor ta'kidlagan. Rossiyaning Ukrainaga keng ko'lamli bosqini boshlanganidan buyon ushbu sun'iy yo'ldosh interneti Ukraina armiyasining frontdagi asosiy aloqa va boshqaruv vositalaridan biriga aylangan. Starshield faoliyatidagi cheklovlar Kiyev va AQSH ma'muriyati o'rtasidagi munosabatlarda taranglik kuzatilayotgan davrga to'g'ri keldi. Avvalroq Donald Tramp Ukraina Oq uyning so'rovlariga qaramay, Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishda davom etayotganini tanqid qilgan edi. Shuningdek, u Ukrainada yangi prezidentlik saylovlari o'tkazish zarurligini ham tilga olgan.

Batafsil →
Xitoyda atom energiyasini uzatuvchi ulkan elektr tarmog i ishga tushdi
Texnologiya 👁 26 📅 14.10.2026

Xitoyda atom energiyasini uzatuvchi ulkan elektr tarmog i ishga tushdi

Xitoyda Yantay va Veyxay ota yuqori kuchlanishli ozgaruvchan tok elektr uzatish liniyasi toliq foydalanishga topshirildi. Mamlakat Davlat elektr tarmoqlari korporatsiyasiga kora, bu atom elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan energiya ulangan dunyodagi birinchi shunday tarmoq hisoblanadi. Naked Science xabariga kora, yangi liniya Shandun provinsiyasining Yantay va Veyxay hududlarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini boshqa hududlarga yetkazib berishga mo ljallangan. Liniyaning bir zanjir hisobidagi ekvivalent uzunligi 1197 kilometrni tashkil etadi va u bir qancha yirik shaharlar hududidan otadi. Loyiha doirasida 1000 kilovolt kuchlanishli yangi taqsimlash podstansiyasi qurilib, mavjud podstansiyalar kengaytirildi. Shuningdek, 2124 ta elektr uzatish tayanchi ornatildi. Ularning asosiy qismi tepalik va tog li hududlarga, shuningdek, dengiz akvatoriyasiga togri keladi. Shandun Xitoyning eng kop energiya isteʼmol qiluvchi provinsiyalaridan biridir. 2026-yil sentabr oyi yakuniga ko ra, bu yerda qazilma yoqilg ilardan foydalanmaydigan energetika obyektlarining ornatilgan quvvati 147 million kilovattga yetdi. Shamol va quyosh energetikasi muhim ulushga ega. Yantay va Veyxay yarimorolida Shandun atom energetikasining katta qismi jamlangan. Hudud elektr energiyasini asosan tashqaridan qabul qiluvchi mintaqadan uni boshqa joylarga yetkazib beruvchi yirik markazga aylanib bormoqda. Yangi liniya mavjud tarmoqqa ulanib, sakkiz raqamiga oxshash ikkita halqadan iborat tizimni hosil qildi. Bu Xitoydagi shunday tuzilishga ega birinchi mintaqaviy ota yuqori kuchlanishli tarmoq bolib, tarmoq barqarorligini oshiradi. Loyiha tog li hudud va dengiz akvatoriyasi orqali qurilgan birinchi ota yuqori kuchlanishli liniya ekani bilan ajralib turadi. Faol qurilish davri 12 oyni tashkil etib, qisqa muddatda yakunlandi.

Batafsil →