Texnologiya
AQSh kosmosda ulkan hisoblash tarmogini yaratmoqchi
Amerikaning Cowboy Space kompaniyasi yuqori bosqichi orbitaga chiqqach suniy intellekt uchun data-markaz vazifasini bajaradigan Big Iron raketasi loyihasini namoyish etdi. Kompaniya shu usulda Yerga yaqin past orbitaga 20 mingta hisoblash markazini joylashtirmoqchi. Bu haqda kompaniya vakillari maxsus taqdimot davomida malum qildi.
Kaliforniyadagi Cowboy Space kompaniyasiga Robinhood platformasi hammuassisi Bayju Bxatt asos solgan. Kompaniya kosmik data-markazlarni ham, ularni orbitaga olib chiqadigan raketalarni ham mustaqil ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Bxatt Big Sky Rising tadbirida yangi raketa Big Iron deb atalishini malum qildi. Orbitada ishlaydigan data-markaz ham shu nomni oladi cunki kompaniya raketani va suniy yulduzni yagona tizim sifatida loyihalashtirgan.
Asosiy goyaga kora, raketaning yuqori bosqichi orbitaga chiqqandan keyin hisoblash uskunalari ornatilgan suniy yulduz sifatida ishlashda davom etadi. Kompaniya bu yondashuv konstruksiyadagi ortiqcha qismlar va massani kamaytirishga yordam berishini taqidlamoqda.
Loyihaga kora, zanglamaydigan poletdan tayyorlanadigan raketaning balandligi 86 metr, diametri esa 4,7 metr boladi. U Cowboy Space ishlab chiqayotgan Clydesdale dvigatellari bilan jihozlanadi.
Birinchi bosqichga toqqizta, ikkinchi bosqichga esa bitta dvigatel ornatilishi rejalashtirilgan. Dvigatellar soni boyicha xuddi shunday sxema SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasida ham qollaniladi.
Big Ironning birinchi bosqichi qayta foydalanishga moljallangan. Taqdimotda korsatilgan kompyuter animatsiyasida u Yerga qaytib, dengizdagi platformaga qonishi aks etgan.
Raketaning yuqori bosqichi esa orbitada qolib, Big Iron suniy yulduziga aylanadi. Apparatning massasi taxminan 15 tonna bolib, quyoş panellari yoyilgandan keyin uning uzunligi 132 metrga yetadi.
Ulashish