Iqtisodiyot
Toshkentda xalqaro turizm yarmarkasi va investitsiya forumi otkaziladi
Joriy yilning 25-27 noyabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx korgazmalar majmuasida “Ipak yolida turizm” deb nomlangan 31-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bolib otadi. Mazkur nufuzli tadbir doirasida ilk bor turizm sohasidagi xalqaro investitsiya forumi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda UzA xabar berdi. Organilayotgan yirik tadbirda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda. Umumiy hisobda 10 ming kvadrat metr maydonni egallaydigan korgazmaga 15 mingdan ziyod mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashkilotchilarning malum qilishicha, investitsiya forumida 20 dan ortiq davlat vakillari, 100 dan ziyod yirik investor hamda 200 dan ortiq xorijiy mehmonlar qatnashadi. Forum doirasida mehmonxona va kurortlar, yangi turistik hududlar, transport-logistika infratuzilmasi hamda mehmondostlik sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga oid muhim loyihalar muhokama qilinadi. Shuningdek, hududlarning investitsiyaviy salohiyati keng tanishtirilib, sohaga sarmoya jalb qilish va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida etibor qaratiladi. Yarmarka dasturidan aviatsiya, turizm talimi, ishbilarmonlik turizmi va media sohalariga oid forumlar, xalqaro konferensiya hamda B2B formatdagi biznes uchrashuvlarrin oʻrin olgani mutaxassislar uchun qulay imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, tadbir kunlari gastronomiya festivali, ananaviy oyinlar, hunarmandchilik va suvenirlar korgazmasi hamda “Silk Road Tourism Awards” mukofotini topshirish marosimi otkazilishi kozda tutilgan.
Ulashish