← Orqaga
searchTV.uz

Xitoyda atom energiyasini uzatuvchi ulkan elektr tarmog i ishga tushdi

Xitoyda Yantay va Veyxay ota yuqori kuchlanishli ozgaruvchan tok elektr uzatish liniyasi toliq foydalanishga topshirildi. Mamlakat Davlat elektr tarmoqlari korporatsiyasiga kora, bu atom elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan energiya ulangan dunyodagi birinchi shunday tarmoq hisoblanadi. Naked Science xabariga kora, yangi liniya Shandun provinsiyasining Yantay va Veyxay hududlarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini boshqa hududlarga yetkazib berishga mo ljallangan. Liniyaning bir zanjir hisobidagi ekvivalent uzunligi 1197 kilometrni tashkil etadi va u bir qancha yirik shaharlar hududidan otadi. Loyiha doirasida 1000 kilovolt kuchlanishli yangi taqsimlash podstansiyasi qurilib, mavjud podstansiyalar kengaytirildi. Shuningdek, 2124 ta elektr uzatish tayanchi ornatildi. Ularning asosiy qismi tepalik va tog li hududlarga, shuningdek, dengiz akvatoriyasiga togri keladi. Shandun Xitoyning eng kop energiya isteʼmol qiluvchi provinsiyalaridan biridir. 2026-yil sentabr oyi yakuniga ko ra, bu yerda qazilma yoqilg ilardan foydalanmaydigan energetika obyektlarining ornatilgan quvvati 147 million kilovattga yetdi. Shamol va quyosh energetikasi muhim ulushga ega. Yantay va Veyxay yarimorolida Shandun atom energetikasining katta qismi jamlangan. Hudud elektr energiyasini asosan tashqaridan qabul qiluvchi mintaqadan uni boshqa joylarga yetkazib beruvchi yirik markazga aylanib bormoqda. Yangi liniya mavjud tarmoqqa ulanib, sakkiz raqamiga oxshash ikkita halqadan iborat tizimni hosil qildi. Bu Xitoydagi shunday tuzilishga ega birinchi mintaqaviy ota yuqori kuchlanishli tarmoq bolib, tarmoq barqarorligini oshiradi. Loyiha tog li hudud va dengiz akvatoriyasi orqali qurilgan birinchi ota yuqori kuchlanishli liniya ekani bilan ajralib turadi. Faol qurilish davri 12 oyni tashkil etib, qisqa muddatda yakunlandi.
Ulashish