● TEZKOR
Sport turizmini rivojlantirish yangi imkoniyatlar eshigini ochadi
Sport

Mamlakatimizning xalqaro turizm maydonidagi imkoniyatlarini kengaytirish, sport musobaqalarini sayohat yo'nalishlari bilan uyg'unlashtirish maqsadida muhim qadam tashlandi. Turizm qo'mitasi huzuridagi “Turistik mahsulotlarni rivojlantirish bo'yicha loyiha ofisi” davlat muassasasi va O'zbekiston kriket federatsiyasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelingan kelishuvga muvofiq, mamlakatimizda har yili “Uzbekistan International Cricket & Tourism Cup” xalqaro kriket musobaqasi va “Silk Road Cricket Festival” turistik festivalini o'tkazish rejalashtirilmoqda. Mazkur tadbirlar xorijiy sportchilar, kriket muxlislari va sayyohlarni O'zbekistonga jalb etish yo'lidagi muhim platformaga aylanishi kutilmoqda. Aytish joizki, Olimpiya o'yinlari tizimidagi kriket sport turi bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalarga Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Shri-Lanka kabi davlatlarda katta qiziqish bilan qaraladi. Shu jihatdan yurtimizda har yili o'tkaziladigan mazkur tadbirlarga ushbu mamlakatlarning kriket jamoalarini, qiziquvchi aholini, sayyohlarni jalb etish orqali yangi turistik bozorlarda O'zbekistonning yangicha qiyofasini namoyish etish nazarda tutilmoqda. O'zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliyevning ta'kidlashicha, tashabbusning muhim yo'nalishlaridan biri sport va madaniy turizmni o'zaro bog'lashdan iborat. Xususan, kriket musobaqalari doirasida xorijiy mehmonlarga Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarning boy madaniy merosi hamda milliy an'analarini tanishtirishga qaratilgan turistik dasturlar ishlab chiqiladi. Loyihani amalga oshirish jarayonida turoperatorlar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar, temir yo'l xizmatlari, hunarmandlar va ko'ngilochar maskanlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish rejalashtirilgan. Bu xalqaro musobaqalarning ishtirokchilari va mehmonlariga transport, joylashtirish, ekskursiya hamda boshqa turistik xizmatlarni birlashtirgan takliflarni taqdim etish imkonini beradi. Mazkur hamkorlik O'zbekistonda sport turizmi infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, hududlarning turistik salohiyatini keng namoyon etish va sohada qo'shimcha iqtisodiy imkoniyatlarni shakllantirish imkoniyatini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.

Sport

Jahon chempionatida bokschilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

Chernogoriyaning Budva shahrida 19 yoshgacha bo'lgan charm qo'lqop ustalari o'rtasida o'tkazilayotgan jahon chempionatida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Musobaqa davomida yosh bokschilarimiz o'zlarining yuqori salohiyati va mahoratini namoyish etib, muxlislarni quvontirmoqda. Chempionatning -55 kg vazn toifasidagi bahslarida qatnashgan Elyor Rustamov o'zining ilk jangini angliyalik Reuben Xucmannaqarshi o'tkazdi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda hamyurtimiz raqibini 5:0 hisobida ishonchli tarzda taslim etdi va navbatdagi bosqichga yo'l oldi. Shuningdek, -85 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sardorbek Bahromxo'jayev livanlik Adam Madaaranini birinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu yorqin g'alaba o'zbekistonlik sportchilarning jismoniy va taktik tayyorgarligi naqadar yuqori ekanini yana bir bor ko'rsatdi. Shu bilan birga, musobaqada ba'zida kutilmagan natijalar ham qayd etilmoqda. Xususan, -50 kg vazn toifasida ringga chiqqan Amirjon Subhonov meksikalik Gael Rivasga qarshi kechgan jangda kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bugun, 19 oktyabr kuni jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasining yana 4 nafar vakili medal uchun kurashni davom ettiradi. Xususan, -54 kg vazn toifasidagi qizlar bahsida Shodiyona Meliqo'ziyeva xitoylik Siryu Yanga qarshi jang qiladi. Shuningdek, -60 kg vazn toifasidagi yigitlar o'rtasida Muhammad Rizo Ukimov Rossiya vakili Umar Ibahiyev bilan kuch sinashadi. Ringga ko'tariladigan boshqa vakillarimiz qatorida -70 kg vazn toifasida Zulfiqor Adhamjonov jazoirlik Muhammad Monsef Benmazuzga qarshi ringga chiqadi. Bundan tashqari, -75 kg vazn toifasida Suhrob Rahmatullayev Qozog'iston vakili Ramazan Amirga qarshi jang olib boradi. Ushbu janglar mamlakatimiz sport ishqibozlarida katta qiziqish uyg'otmoqda. O'zbekiston yoshlar terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtiroki mamlakatimizda sportni, xususan, boksni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar va iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash siyosatining yorqin samarasidir.

Sport

Sport vazirligida korporativ sportni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Sport vazirligida mamlakatimizda korporativ sportni tizimli rivojlantirish, korxona va tashkilotlar xodimlarini ommaviy sportga jalb etish hamda Ozbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi faoliyatining istiqbolli yo'nalishlariga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi. Tadbirda korporativ sport klublarini shakllantirish, xodimlar o'rtasida muntazam sport mashg'ulotlari va musobaqalarini tashkil etish, shuningdek, kompaniyalarning sport sohasidagi faolligini baholash va rag'batlantirish mexanizmlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Mutaxassislar ishtirokidagi muhokamalar jarayonida kelgusida tashkil etilishi rejalashtirilgan qator yirik musobaqalar ko'rib chiqildi. Xususan, korporativ futbol va mini-futbol ligasi, Ozbekiston korporativ olimpiadasi hamda 'Tashkent Corporate Padel Open' xalqaro turnirini yuqori saviyada o'tkazish masalalari muhokama markazida bo'ldi. Uchrashuv davomida korporativ sportni boshqarish va muvofiqlashtirish jarayonlarini raqamlashtirish masalalari ham tahlil qilindi. Shuningdek, joriy yilning 24-oktabr kuni Jizzax shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan Ozbekiston korporativ kibersport kubogiga tayyorgarlik holati yuzasidan mutaxassislarning axboroti tinglandi. Ta'kidlanganidek, bugungi kunda assotsiatsiyaning raqamli platformasini yaratish eng muhim vazifalardan biridir. Shu bilan birga, korporativ sport klublari reyestrini yuritish, kompaniyalarning sport reytingini amaliyotga joriy etish va ichki faollikni oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, sohada ixtiyoriy sertifikatsiyalash tizimini shakllantirish hamda o'tkaziladigan musobaqalar natijalarini elektron hisobga olish tizimini yo'lga qo'yish zamon talabi ekani qayd etildi. Bu kabi mexanizmlar ishchi xodimlarning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Tadbir yakunida bildirilgan takliflar va belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar yuklandi. Ushbu chora-tadbirlar mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda muhim qadam bo'lishi kutilmoqda.

🔥 Trenddagi yangiliklar

So‘nggi yangiliklar

searchTV.uz
Sport turizmini rivojlantirish yangi imkoniyatlar eshigini ochadi
Sport 👁 23 📅 20.10.2026

Batafsil →
Jahon chempionatida bokschilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
Sport 👁 25 📅 19.10.2026

Sport 👁 22 📅 18.10.2026

Sport vazirligida korporativ sportni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Sport vazirligida mamlakatimizda korporativ sportni tizimli rivojlantirish, korxona va tashkilotlar xodimlarini ommaviy sportga jalb etish hamda Ozbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi faoliyatining istiqbolli yo'nalishlariga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi. Tadbirda korporativ sport klublarini shakllantirish, xodimlar o'rtasida muntazam sport mashg'ulotlari va musobaqalarini tashkil etish, shuningdek, kompaniyalarning sport sohasidagi faolligini baholash va rag'batlantirish mexanizmlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Mutaxassislar ishtirokidagi muhokamalar jarayonida kelgusida tashkil etilishi rejalashtirilgan qator yirik musobaqalar ko'rib chiqildi. Xususan, korporativ futbol va mini-futbol ligasi, Ozbekiston korporativ olimpiadasi hamda 'Tashkent Corporate Padel Open' xalqaro turnirini yuqori saviyada o'tkazish masalalari muhokama markazida bo'ldi. Uchrashuv davomida korporativ sportni boshqarish va muvofiqlashtirish jarayonlarini raqamlashtirish masalalari ham tahlil qilindi. Shuningdek, joriy yilning 24-oktabr kuni Jizzax shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan Ozbekiston korporativ kibersport kubogiga tayyorgarlik holati yuzasidan mutaxassislarning axboroti tinglandi. Ta'kidlanganidek, bugungi kunda assotsiatsiyaning raqamli platformasini yaratish eng muhim vazifalardan biridir. Shu bilan birga, korporativ sport klublari reyestrini yuritish, kompaniyalarning sport reytingini amaliyotga joriy etish va ichki faollikni oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, sohada ixtiyoriy sertifikatsiyalash tizimini shakllantirish hamda o'tkaziladigan musobaqalar natijalarini elektron hisobga olish tizimini yo'lga qo'yish zamon talabi ekani qayd etildi. Bu kabi mexanizmlar ishchi xodimlarning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Tadbir yakunida bildirilgan takliflar va belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar yuklandi. Ushbu chora-tadbirlar mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda muhim qadam bo'lishi kutilmoqda.

Batafsil →
Bahodir Jalolov professional boksdagi g‘alabali seriyasini davom ettirdi
Sport 👁 22 📅 18.10.2026

Bahodir Jalolov professional boksdagi g‘alabali seriyasini davom ettirdi

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida o‘tkazdi. 18-oktabrga o‘tar kechasi tashkil etilgan professional boks oqshomida ikki karra Olimpiada va jahon chempioni britaniyalik Solomon Dakresga qarshi ringga chiqdi. Jang davomida o‘zbekistonlik bokschi ustunlikni o‘z qo‘lida saqlab turdi. Bahodir Jalolov 5-raundda raqibini kuchli zarba bilan nokdaun holatiga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Sportchining jangdagi faolligi muxlislar va mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Qolgan raundlarda ham tashabbusni boy bermagan hamyurtimiz raqibiga qarshi o‘zining texnik ustunligini ko‘rsatdi. To‘liq 10 raund davom etgan shiddatli jang yakunida hakamlar bir ovozdan Bahodir Jalolovning g‘alabasini qayd etishdi (99-91, 99-90). Shu tariqa, Big Uzbek laqabi bilan tanilgan Bahodir Jalolovning professional ringdagi g‘alabali seriyasi yana bir g‘alaba bilan boyidi. Uning hisobidagi professional janglar soni 18 taga yetib, ularning barchasida raqiblarini taslim etgan. Jalolov o‘zining 15 ta g‘alabasini muddatidan oldin, ya’ni raqiblarini nokautga uchratgan holda qo‘lga kiritgan. Ushbu natija uning og‘ir vazn toifasidagi eng xavfli va kuchli bokschilardan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi. Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov o‘zining so‘nggi jangini 9-may kuni Manchester shahrida o‘tkazgan edi. O‘sha oqshomda u xorvatiyalik tajribali bokschi Agron Smakichini nokautga uchratib, muxlislarini xursand qilgandi.

Batafsil →
Diyora Keldiyorova tatamiga qaytdi va xalqaro turnirda chempion boʻldi
Sport 👁 11 📅 18.10.2026

Diyora Keldiyorova tatamiga qaytdi va xalqaro turnirda chempion boʻldi

Olimpiada va Osiyo chempioni Diyora Keldiyorova ikki yarim yillik tanaffusdan soʻng sportga qaytdi va Qozogʻistonda oʻtgan xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Sportchi oʻzining vazn toifasida barcha raqiblarini ishonchli tarzda magʻlub etdi. 17-oktabr kuni dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi aʼzosi Diyora Keldiyorova (-52 kg) Qozogʻistonning Aqtau shahri mezbonlik qilgan nufuzli xalqaro turnirda ishtirok etdi. U musobaqa davomida oʻzining yuksak mahoratini yana bir bor namoyish etdi. Musobaqa davomida Keldiyorova barcha raqiblarini, jumladan, final bahsida ozarboyjonlik Farida Mirzayevani ham ippon bahosi bilan taslim etdi. Uning bu gʻalabasi muxlislar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Ushbu xalqaro turnirdagi muvaffaqiyat dzyudochiga jahon reytingi uchun muhim boʻlgan 100 ochkoni taqdim etdi. Bu ochkolar uning reytingdagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Eslatib oʻtamiz, Diyora Keldiyorova 2024-yil yozida Parij shahrida oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida -52 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻlgandi. Ushbu yirik gʻalabadan soʻng u farzandli boʻlgandi. Oʻtgan ikki yarim yilga yaqin vaqt ichida u oilaviy sabablar va farzand tarbiyasi tufayli bir qator yirik turnirlarni, jumladan, 2026-yilgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgandi. Endilikda sportchi oʻzining sport formasini tiklab, oldinga qoʻyilgan yangi maqsadlar sari harakatni boshladi. U shu oy oxirida Abu-Dabi shahrida boʻlib oʻtadigan nufuzli xalqaro turnirda ham qatnashishi rejalashtirilgan.

Batafsil →
Paraosiyo oyinlari oldidan muhim uchrashuv
Sport 👁 10 📅 17.10.2026

Paraosiyo oyinlari oldidan muhim uchrashuv

Joriy yilning 18-24 oktyabr kunlari Yaponiyaning Aichi prefekturasi va Nagoya shahrida V Paraosiyo oyinlari bolib otadi. Unda qitmaning 45 ta mamlakati vakillari 18 ta sport turi boyicha bahs olib boradi. Ayni damda Yaponiyada bolib turgan Ozbekiston delegatsiyasi musobaqada 11 ta sport turi boyicha bahslashadi. Kuni kecha V Paraosiyo oyinlarida Ozbekiston delegatsiyasining munosib ishtirokini taminlash masalalari muhokama qilindi. Sport vaziri orinosbari Murod Ismoilov hamda Ozbekiston Milliy paralimpiya qomitasi raisi Muxtorxon Toshxojayev ishtirokida delegatsiya shtabida ishchi guruh yigilishi otkazildi. Unda mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibidagi barcha sport turlari boyicha murabbiylar va masullar qatnashdi. Yigilishda sportchilarning musobaqalarga tayyorgarlik holati atroflicha korib chiqilib, delegatsiya oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, delegatsiya faoliyatini samarali tashkil etish, sportchilarning Paraosiyo oyinlarida munosib ishtirokini taminlash hamda yuqori natijalarga erishish uchun mavjud imkoniyatlarni toliq safarbar etish masalalariga alohida etibor qaratildi. Shuningdek, V yozgi Paraosiyo oyinlari doirasida Atletlar shaharchasida Ozbekiston delegatsiyasini kutib olish marosimi bolib otdi. Yaponiyaning Garden Pier bogida tashkil etilgan tadbirda Ozbekiston delegatsiyasi azolari ishtirok etdi. Marosimda tashkiliy qomita vakillari delegatsiyamiz azolarini samimiy kutib olib, sportchilarimizga bolajak musobaqalarda omad va muvaffaqiyat tiladi. Shundan song Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, mamlakatimiz bayrogi kotarildi. Tantanali marosim delegatsiyalarni musobaqalar muhitiga moslashtirish, shuningdek, xalqlar ortasidagi dostlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Malumot uchun, 2023 yilda Xitoyning Xanchjou shahrida otkazilgan IV Paraosiyo oyinlarida Ozbekiston terma jamoasi 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza, jami 79 ta medal bilan umumjamoa hisobida 8-orinni egallagan.

Batafsil →
Oʻzbekistonda reyestrga kiritilmagan sport inshootlarida rasmiy musobaqalar oʻtkazilmaydi
Sport 👁 24 📅 15.10.2026

Oʻzbekistonda reyestrga kiritilmagan sport inshootlarida rasmiy musobaqalar oʻtkazilmaydi

Oʻzbekistonda sport inshootlari hamda nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari reyestrlarini yuritish tartibi rasman belgilandi. Ushbu tartibga koʻra, davlat reyestriga kiritilmagan sport inshootlarida rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazish qatʼiyan taqiqlanadi. Mazkur yangi tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 561-son qarori bilan tasdiqlandi. Qarorga asosan, reyestrlarga doir barcha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etilishi boshlandi. Jumladan, nodavlat sport tashkilotlari reyestri maxsus axborot tizimi orqali yuritilishi belgilandi. Bunda tashkilotlar haqidagi barcha asosiy maʼlumotlar ochiq maʼlumotlar sifatida internet tarmogʻiga joylashtirib boriladi. Reyestrga kiritish boʻyicha kelib tushgan arizalar besh ish kuni ichida vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar taqdim etilgan maʼlumotlar toʻliq va toʻgʻri boʻlsa, tashkilot reyestrga rasman kiritiladi. Agar taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlansa, uch ish kuni ichida arizani rad etish boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi. Shuningdek, nodavlat sport tashkiloti oʻz xohishi bilan murojaat qilsa yoki uning faoliyati belgilangan tartibda tugatilsa, reyestrdan chiqariladi. Tashkilot shtatida malakali trenerning mavjud emasligi yoki reyestrga kiritilganidan keyin uch oy ichida sportchilar va trenerlar haqidagi maʼlumotlarni kiritmaslik ham reyestrdan chiqarish uchun asos boʻladi. Sport inshootlarini reyestrga kiritish jarayoni ham maxsus tartibda amalga oshiriladi. Buning uchun inshootning mulkdori yoki balansda saqlovchisi axborot tizimi orqali tegishli tartibda ariza berishi talab etiladi. Agar sport inshootining faoliyat turi sportdan boshqa yoʻnalishga oʻzgartirilsa, obyekt foydalanishga yaroqsiz deb topilsa yoki mulkdor ariza bilan murojaat qilsa, u reyestrdan chiqariladi. Shuningdek, qarorda sport tashkilotlari sportchilariga barcha rasmiy musobaqalarda ishtirok etish huquqi berilishi ham alohida nazarda tutilgan.

Batafsil →