Sport
Paraosiyo oyinlari oldidan muhim uchrashuv
Joriy yilning 18-24 oktyabr kunlari Yaponiyaning Aichi prefekturasi va Nagoya shahrida V Paraosiyo oyinlari bolib otadi. Unda qitmaning 45 ta mamlakati vakillari 18 ta sport turi boyicha bahs olib boradi.
Ayni damda Yaponiyada bolib turgan Ozbekiston delegatsiyasi musobaqada 11 ta sport turi boyicha bahslashadi. Kuni kecha V Paraosiyo oyinlarida Ozbekiston delegatsiyasining munosib ishtirokini taminlash masalalari muhokama qilindi.
Sport vaziri orinosbari Murod Ismoilov hamda Ozbekiston Milliy paralimpiya qomitasi raisi Muxtorxon Toshxojayev ishtirokida delegatsiya shtabida ishchi guruh yigilishi otkazildi. Unda mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibidagi barcha sport turlari boyicha murabbiylar va masullar qatnashdi.
Yigilishda sportchilarning musobaqalarga tayyorgarlik holati atroflicha korib chiqilib, delegatsiya oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, delegatsiya faoliyatini samarali tashkil etish, sportchilarning Paraosiyo oyinlarida munosib ishtirokini taminlash hamda yuqori natijalarga erishish uchun mavjud imkoniyatlarni toliq safarbar etish masalalariga alohida etibor qaratildi.
Shuningdek, V yozgi Paraosiyo oyinlari doirasida Atletlar shaharchasida Ozbekiston delegatsiyasini kutib olish marosimi bolib otdi. Yaponiyaning Garden Pier bogida tashkil etilgan tadbirda Ozbekiston delegatsiyasi azolari ishtirok etdi.
Marosimda tashkiliy qomita vakillari delegatsiyamiz azolarini samimiy kutib olib, sportchilarimizga bolajak musobaqalarda omad va muvaffaqiyat tiladi. Shundan song Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, mamlakatimiz bayrogi kotarildi.
Tantanali marosim delegatsiyalarni musobaqalar muhitiga moslashtirish, shuningdek, xalqlar ortasidagi dostlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Malumot uchun, 2023 yilda Xitoyning Xanchjou shahrida otkazilgan IV Paraosiyo oyinlarida Ozbekiston terma jamoasi 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza, jami 79 ta medal bilan umumjamoa hisobida 8-orinni egallagan.
Ulashish