● TEZKOR
Nigeriyada xorijdan qaytgan fuqaroda Ebola virusi aniqlandi
Sog'liqni saqlash

Nigeriya poytaxti Abudjada xorijdan qaytgan ayolda Ebola virusi tasdiqlandi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, bu joriy avj olish davrida mamlakatda qayd etilgan ilk holat hisoblanadi. Bemor darhol shifoxonaga yotqizilib, uning davolanishi uchun zarur choralar koʻrilmoqda. Nigeriya Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu xavfli infeksiya aniqlangani haqida 20-oktabr kuni eʼlon qildi. Aniqlanishicha, virus Ugandadan samolyotda uchib kelgan ayolda topilgan. Uganda Sogʻliqni saqlash vazirligi bemor Nigeriya fuqarosi ekanini va mamlakat hududidan faqat tranzit maqsadida foydalanganini tasdiqlagan. Maʼlum boʻlishicha, infeksiyalangan fuqaro bunga qadar Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy qismida xizmat safarida boʻlgan. Ugandada avvalroq ham Ebola infeksiyasi qayd etilgan boʻlsa-da, keyinchalik rasmiylar mamlakatda faol kasallanish holatlari qolmaganini maʼlum qilgan edi. Kongo Demokratik Respublikasida esa joriy yilning may oyidan beri Bundibugyo virusi keltirib chiqargan Ebola kasalligining yangi toʻlqini kuzatilmoqda. Xalqaro OAV va DW maʼlumotlariga koʻra, sentabr oʻrtalarida mamlakatda 7 mingdan ortiq kasallanish holati qayd etilib, 3 300 dan ziyod kishi vafot etgan. Kongo Demokratik Respublikasidagi epidemiologik vaziyat hukumat kuchlari va turli isyonchi guruhlar oʻrtasidagi davom etayotgan qurolli mojaro tufayli yanada murakkablashgan. Ushbu ziddiyatlar kasallikning tarqalishini cheklash va unga qarshi kurashish ishlarini sezilarli darajada qiyinlashtirmoqda. Nigeriya rasmiylari mamlakatda xavfli virus tarqalishining oldini olish maqsadida tezkor chora-tadbirlarni boshlab yubordi. Xususan, kasallangan bemor bilan muloqotda boʻlishi mumkin boʻlgan 44 nafar shaxs maxsus kuzatuvga olingan. Hozirgi vaqtda epidemiologlar va shifokorlar xavfli hududlardan qaytayotgan fuqarolarni tekshirishni kuchaytirgan. Mutaxassislar ehtimoliy aloqalarni toʻliq aniqlash va infeksiyaning keng tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha zarur epidemiyaga qarshi choralarni amalga oshirmoqda.

Sog'liqni saqlash

Shifokorlarimiz Fransiyaning yetakchi onkologiya markazida malaka oshirdi

Mamlakatimizda sogliqni saqlash tizimini, xususan, onkologiya xizmatini jahon standartlari asosida modernizatsiya qilish, eng ilg'or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etish borasidagi xalqaro hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. Buning yaqqol tasdig'i sifatida, shu kunlarda yurtimizning bir guruh malakali mutaxassislari – tibbiy onkologlar hamda molekulyar diagnostika yo'nalishidagi tibbiy biologlar Fransiyaning Yevropa va jahon miqyosida mashhur bo'lgan yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri – Gustave Roussy institutida o'quv-amaliy stajirovkani muvaffaqiyatli tamomladi. Joriy yilning 5-16 oktyabr kunlari tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro dastur mahalliy kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ilg'or texnologiyalar hamda davolash usullarini o'zlashtirishda muhim qadam bo'ldi. Stajirovka davomida o'zbekistonlik shifokorlar mazkur ilmiy-klinikaning kundalik faoliyati, patomorfologiya, molekulyar hamda genetik diagnostika jarayonlari, shuningdek, og'ir xastalikka chalingan bemorlarni boshqarishning zamonaviy tizimi bilan yaqindan tanishdi. Intensiv dastur doirasida tibbiyotning bir qator o'ta muhim va nozik yo'nalishlari, jumladan, ginekologik va torakal onkologiya, xavfli o'smalar, gematologiya, radiatsion onkologiya, aniq tibbiyot va molekulyar diagnostika kabi sohalar chuqur qamrab olindi. Mutaxassislar nazariy bilimlardan tashqari turli ko'p tarmoqli konsiliumlar yig'ilishlarida bevosita ishtirok etib, murakkab klinik holatlarni xorijlik hamkasblari bilan birgalikda muhokama qildi. Xususan, tashrif davomida Gustave Roussy institutining Tibbiy biologiya va patologiya departamenti rahbari, professor Sesil Badual boshchiligida laboratoriya va patomorfologiya xizmatining ishi atroflicha o'rganildi. O'zbekistonlik mutaxassislar zamonaviy laborator diagnostika jarayonlari, biologik namunalarni avtomatik tarzda qayta ishlash tizimlari hamda yuqori aniqlikdagi molekulyar-genetik tekshiruvlarning tashkil etilish tartibi bilan tanishdi. Mazkur stajirovka doirasida Gustave Roussy institutining bosh direktori, professor Fabris Barlesi, shuningdek, markazning turli yetakchi yo'nalishlariga rahbarlik qiluvchi taniqli professorlar va soha ekspertlari bilan qator uchrashuvlar tashkil etildi. Muloqotlar chog'ida kelgusidagi qo'shma loyihalar, ilmiy tadqiqotlar va o'zaro tajriba almashinuvlarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Yurtimiz mutaxassislariga maxsus xalqaro sertifikatlar topshirildi. Bu kabi xalqaro tashabbuslar kelajakda yurtimizda onkologik kasalliklarning oldini olish, ularni erta bosqichda aniqlash va davolash sifatini yangi, yuqori bosqichga ko'tarishga xizmat qiladi.

🔥 Trenddagi yangiliklar

So‘nggi yangiliklar

searchTV.uz
Nigeriyada xorijdan qaytgan fuqaroda Ebola virusi aniqlandi
Sog'liqni saqlash 👁 15 📅 21.10.2026

Batafsil →
Shifokorlarimiz Fransiyaning yetakchi onkologiya markazida malaka oshirdi
Sog'liqni saqlash 👁 13 📅 17.10.2026