← Orqaga
searchTV.uz

Qishloq xojaligida ilm-fan: Yangi navlar va ilmiy yutuqlar

Iqlim ozgarishi, suv tanqisligi, tuproq shorlanishi va osimlik kasalliklari qishloq xojaligi uchun tobora jiddiy muammoga aylanmoqda. Bunday sharoitda ekinlar hosildorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taminlash va suv resurslaridan oqilona foydalanishda zamonaviy ilm-fan yutuqlariga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsasi, genomika, bioinformatika va biotexnologiya sohalaridagi izlanishlar qishloq xojaligida yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Shu munosabat bilan Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi tomonidan matbuot anjumani otkazildi. Unda markaz olimlarining qishloq xojaligi ekinlarining genetik imkoniyatlarini organish, serhosil, kasalliklarga va noqulay iqlim sharoitlariga chidamli navlarni yaratish borasidagi ishlari haqida malumot berildi. Jumladan, gowza, bugdoy, kartoshka, soya, makkajoxori va uzumchilik sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega ekanligi takidlandi. Markaz olimlari zamonaviy biotexnologik usullar asosida yuqori hosildor kartoshka va bugdoy navlarini yaratishga erishgan. Shulardan biri biotexnologik usulda yaratilgan Bisyor kartoshka navi bolib, u xalqaro miqyosda etirof etilgan ishlanmalardan hisoblanadi. Bugdoy seleksiyasida ham muhim natija sifatida sariq zang kasalligiga chidamli Sarnav bugdoy navi yaratildi va davlat nav sinoviga topshirildi. Iqlim ozgarishi sharoitida qishloq xojaligi ekinlarining chidamliligini oshirish dolzarb vazifalardan biridir. Shu maqsadda markazda qurgoqchilikka chidamli soya va makkajoxori navlarini yaratish boyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu izlanishlar suv tanqisligi sharoitida ham barqaror hosil olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Markazning muhim ilmiy yoginalishlaridan yana biri gowza genomikasi va biotexnologiyasidir. Gennokaut texnologiyasi asosida yaratilgan Porloq, Matonat va Bardosh gowza navlari yuqori hosildorligi hamda kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Bu kabi ishlanmalar paxtachilikda yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi. Uzumchilik sohasida ham muhim natijalarga erishilmoqda. 2026 yilda markaz olimlari tomonidan mahalliy Sohibi uzum navining toliq genomi ilk bor yuqori aniqlikda sekvens qilinib, uning genom yigmasi yaratildi. Shuningdek, Markaziy Osiyo seleksiyasiga mansub 100 ta uzum navining genetik xususiyatlari genim darajasida organildi.
Ulashish