Ilm-fan
Farmatsevtika: Germaniya tajribasi mahalliy amaliyotga uygunlashtiriladi
Ilm-fan chegara bilmaydi. Tibbiyot va farmatsevtika tarmogini rivojlantirish agentligi vakillarining Germaniyadagi nufuzli Bonn universitetida kegan uchrashuvi fikrimizga bir misol. Dunyo ilm-fanining flagmanlaridan sanalgan mazkur oliygoh delegatsiyamizni kelgusidagi global loyihalarning teng huquqli hamkori sifatida qabul qildi.
Universitet laboratoriyalaridagi songgi rusumdagi uskunalar, olimlarning ilmiy izlanishlari va yaratilgan muhit bilan tanishuv jarayonining oyog qanday ulkan imkoniyatlar eshigi ochilayotganini korsatdi. Chunki gap faqatgina malumot almashishda emas, balki amaliy natijada edi.
Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar ham buni yaqqol tasdiqlaydi. Endilikda mamlakatimiz yoshlari magistratura va doktorantura bosqichlarida Germaniya ilmiy maktablarida oz bilimlarini oshiradi, tajribali olimlarimiz esa Bonn universitetining yirik loyihalariga bevosita jalb etiladi.
Bundan tashqari, professor-oqituvchilar va talabalar uchun yolga qoyiladigan qisqa muddatli amaliyotlar, yozgi maktablar hamda Yevropaning mashhur Erasmus+ va Horizon Europe kabi nufuzli grant dasturlari orqali qoshma tadqiqotlar otkazish imkoniyatlari yaratiladi.
Bu kabi keng kolamli say-harakatlarning amaliy natijasini taminlash uchun yaqin istiqbolda Ozaro anglashuv memorandumini imzolash masalasi ham kelishib olindi. Germaniyaning ilgor ilmiy tajribasini mahalliy amaliyotga uygunlashtirish yolidagi ushbu tashabbus soha uchun raqobatbardosh kadrlar yetishib chiqishini taminlaydi va milliy farmatsevtikamizning jahon arenasida oz sozini aytishi uchun koprik vazifasini otaydi. Mohigul Qosimova, UzA
Ulashish