Jamiyat
Kogonda aholi uchun zamonaviy dam olish maskani barpo etildi
Buxoro viloyati Kogon tumanida aholiga qulay sharoit yaratish, bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etish va sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, Bahouddin Naqshband mahalla fuqarolar yig'inining Yangi yo'l ko'chasida aholi uchun zamonaviy dam olish va ko'ngilochar maskani barpo etildi.
Mazkur loyiha hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish, ayniqsa, sog'lom turmush tarzini targ'ib etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Majmua turli yoshdagi fuqarolarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga xizmat qiladi.
Loyihaning umumiy maydoni 60 sotixdan ortiq bo'lib, to'liq obodonlashtiirildi va zamonaviy infratuzilma tashkil etildi. Jumladan, bolalar va o'smirlar uchun o'yin maydonchasi, yoshlar hamda sport ixlosmandlari uchun vorkaut hududi, shuningdek, dam olish uchun shinam ayvonlar qurildi.
Majmua hududida o'rnatilgan zamonaviy favvoralar tashrif buyuruvchilar uchun xushmanzada va osoyishta muhitni shakllantirdi. Shuningdek, sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash maqsadida uchin umumiy uzunligi 600 metr bo'lgan piyodalar va velosiped harakati uchun mo'ljallangan salomatlik yo'laklari qurildi.
Ma'lum qilinishicha, mazkur maskan aholiga 24/7 rejimida uzluksiz xizmat ko'rsatadi. Qurilish ishlari Buxara gold new building mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi.
Ulashish