Jamiyat
Haj - 2027: Ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar sifati yaxshilanadi
Ozbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Saudiya Arabistonining haj xizmatlari uchun masul idoralari vakillari bilan uchrashdi. Unda Haj - 2027 mavsumiga tayyorgarlik korish, ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish hamda tashkiliy masalalarni takomillashtirish yuzasidan muzokaralar otkazildi.
Uchrashuvda Saudiya Arabistonidagi ar-Rifoda haj xizmatlari muassasasi vakillari Nosir bin Abdulloh Sarujiy va Fuod bin Abdulaziz Fakirah, Din ishlari boyicha qomita Ziyorat turizmini rivojlantirish bolimi boshligI Bobomurod Rustamov, shuningdek, Ozbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Haj va Umra markazi rahbari Maqsud Karimov hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Muloqot avvalida ikki davlat rahbarlari ortasidagi dostona munosabatlar va kop qirrali hamkorlik aloqalari natijasida haj va umra ziyoratchilariga korsatilayotgan xizmatlar sifati yangi bosqichga kotarilgani takidlandi. Bu kabi hamkorlik aloqalari har ikki mamlakat fuqarolari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishda muhim omil bolib xizmat qilmoqda.
Muzokaralar davomida haj mavsumida Mina, Arafot va Muzdalifa vodiylarida ziyoratchilarga munosib xizmat korsatish masalalariga alohida etibor qaratildi. Xususan, ushbu muqaddas maskanlarda shinam chodirlar tashkil etish, transport xizmatlarini yaxshilash hamda oziq-ovqat taminotini takomillashtirish boyicha fikr almashildi va tegishli vazifalar belgilab olindi.
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Haj - 2027 mavsumiga puxta tayyorgarlik korish, ziyoratchilarga qulay va munosib sharoitlar yaratish, shuningdek, xizmat korsatish hamda tashkiliy ishlarni yanada takomillashtirish muhimligini qayd etdi. Ziyoratchilarning safarini har tomonlama qulay tashkil etish asosiy vazifalardan biri ekanligi malum qilindi.
Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar haj ziyoratchilarining ibodatlarini xotirjam va qulay sharoitlarda ado etishlari, safar davomida ularga korsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ozaro fikr almashib, rejalarni kelishib oldilar.
Ulashish