← Orqaga
searchTV.uz

Inklyuziv talim qanday tamoyillarga tayanadi?

Ozbekistonda inson qadri ustuvorligi inklyuziv talimda ham oz aksini topmoqda. Mamlakatda imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatdagi faol ishtirokini taminlash uchun qanday yangi imkoniyatlar yaratilmoqda? Mustahkam va farovon jamiyat barpo etishga bel boglagan mamlakat borki, talimga tayanadi. Shu manoda, yurtimizda ham ilmga bolgan yondashuv, talimga bolgan etibor eng yuqori bosqichga kotarildi. Songgi yillarda tizimda amalga oshirilgan islohot va tashabbuslar millatimiz ilm-fan tarixidagi yangi iftixor sahifasi ochilishiga zamin yaratdi. Qolaversa, Inson qadri tamoyiliga tayanib olib borilayotgan oqilona siyosat samarasi olaroq, talim ichidagi ozga bir dunyo bolgan inklyuziv talim ham taraqqiyotning hushboy havosidan nafas olish imkoniga ega boldi. Malumki, har bir jamiyat turli qatlam va boginlardan tarkib topadi. Ana shunday boginlardan biri alohida talimga ehtiyojmand kishilerdir. Alohida talim oluvchilarning ham jarayonda faol ishtiroki muhim bolib, inklyuziv talimning aniq tamoyillari mavjud. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi Inklyuziv talim laboratoriyasi mudiri Munavvara Qurbonova bu haqida batafsil malumot berdi. Uning sozlariga kora, inklyuzivlik insoniyatning xilma-xilligini tan olgan holda, barchaga teng imkoniyat, tosiqsiz muhit va qulay sharoit yaratishdir. Inklyuziv talimning birinchi tamoyili teng huquqlilik va kamsitmaslikdir. Har bir inson nogironligi, jinsi, tili yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qati nazar talim olish huquqiga ega. Ikkinchidan, xilma-xillikni qadrlash bolib, talim oluvchilarning qobiliyati va organish suratiga kora farqli jihatlar tabiiy holat sifatida qabul qilinadi. Uchinchidan, talimning hamma uchun ochiqligi taminlanib, binosu oquv materiallaridagi tosiqlar bartaraf etiladi. Tortinchidan, individual ehtiyojlarni hisobga olish muhim shartlardan biridir. Oqitish usullari, topshiriqlar va baholash shakllari talim oluvchining ehtiyojiga moslashtiriladi. Beshinchidan, faol va mazmunli ishtirok orqali har bir talim oluvchining darsda va jamoatchilik ishlarida qatnashishi kafolatlanadi. Oltinchidan, pedagoglar, talim oluvchilar, ota-onalar va mutaxassislar ortasida hamkorlik ornatiladi. Ettinchidan, qadr-qimmat va mustaqillikni hurmat qilish tamoyili asosida talim oluvchining fikri va tanlovi inobatga olinadi. Sakkizinchidan, sifatli talim va rivojlanish uchun har bir shaxsga zarur sharoit yaratiladi. Mutaxassisning ta'kidlashicha, imkoniyati cheklangan shaxslar bilan bogliq islohotlarda ularning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Eslatib otamiz, Prezidentning 2022 yil Samarqand shahridagi kozi ojiz bolalar talim muassasasiga tashrifida muhim tashabbus ilgari surilgan edi. Davlat rahbari har bir davlat idorasida munosib ish orni bolishi kerakligini takidlagan edi. Bu tashabbus bugungi kunda ozining ijobiy samarasini berib, bir qator vazirlik va idoralarda imkoniyati cheklangan shaxslar mehnat faoliyatini olib bormoqda. Xulosa qilib aytganda, imkoniyati cheklangan insonlarning yashirin imkoniyatlarini namoyon etish uchun bir martalik emas, bir umrlik sharoit zarur. Ularning mamlakat ravnaqiga qoshadigan hissasi katta bolib, moddiy yordam berish bilan cheklanmasdan, mehnatini ragbatlantirish muhimdir.
Ulashish