← Orqaga
searchTV.uz

Aliment qarzi evaziga Farg'onada Cobalt avtomobili rasmiyalashtirildi

Aliment to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirish farzandlar manfaatlarini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq ayrim hollarda qarzdorlarning o'z majburiyatlarini bajarmasligi oqibatida aliment qarzdorligi yillar davomida to'planib borishi kuzatilmoqda. Bunday holatlarda Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qarzdorlikni undirish va undiruvchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qat'iy ijro harakatlari amalga oshirilmoqda. Bu borada resmimizning turli hududlarida amaliy natijalar qayd etilmoqda. Xususan, Farg'ona viloyatida aliment qarzdorligini bartaraf etish bo'yicha olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzni qoplashning o'ziga xos va samarali yechimi qo'llanildi. Bu jarayon qonunchilik doirasida amalga oshirildi. Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo'yicha Farg'ona tumanlararo sudining 2023 yil 18 martdagi sud buyrug'iga asosan, qarzdor A.O.ning daromadidan undiruvchi M.O. foydasiga 1/2 qism miqdorida aliment undirish belgilangan edi. Biroq qarzdor o'z zimmasidagi qonuniy majburiyatlarni o'z vaqtida bajarmagani oqibatida to'plangan aliment qarzi 83 million 700 ming so'mdan ortiqqa yetgan. Bu esa undiruvchining moddiy va huquqiy manfaatlariga ziyon yetkazgan. Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida mazkur yirik miqdorli qarzdorlikni qoplashning maqbul chorasi ko'rildi. Qonuniy ta'sir choralari o'z samarasini berdi. Natijada qarzdorga tegishli bo'lgan Cobalt rusumli avtomobil undiruvchi M.O. nomiga rasmiylashtirib berildi. Avtotransport vositasi aliment qarzi evaziga hisobdan chiqarildi. Shu tariqa, aliment bo'yicha to'plangan qarzdorlikni bartaraf etish va muqobil mulkni berish orqali undiruvchining qonuniy manfaatlarini to'laqonli ta'minlashga erishildi.
Ulashish