Madaniyat
Jizzaxning otmishi va buguni aks etgan kitob taqdimoti o'tkazildi
Jizzax politexnika institutida “Jizzax — o'tmishi qadim, kelajagi porloq shahar” nomli yangi kitobning taqdimot marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur ma'rifiy tadbir Jizzax shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda mahalliy hokimlik va sektorlar rahbarlari, professor-o'qituvchilar, olimlar hamda ijodkorlar ishtirok etdi. Tadbirda ta'kidlanganidek, nashr Jizzaxning ko'p asrlik tarixi, boy madaniy merosi va bugungi qiyofasini ochib beradi. Kitob yosh avlodning ona yurt tarixiga bo'lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Taqdimotni Jizzax shahar hokimining davlat tili va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha maslahatchisi Surayyo Sherqo'zieva kirish so'zi bilan ochdi. U shahar tarixi targ'ibotiga alohida to'xtaldi. Tadbir davomida mutaxassislar va olingan natijalar muhokama qilindi. Yakunda faol ishtirokchilar taqdirlandi.
Ulashish