Madaniyat
Qardosh xalqlar do'stligi musiqa sadolarida
Ozbekiston davlat konservatoriyasida Ozbekiston va Ozarbayjon ortasidagi dostlik va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi ijodiy uchrashuv bolib otdi. Ikki mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bagishlangan Dostlik konsertida ozarbayjon musiqa sanatining betakror namunalari ijro etildi.
Milliy ohanglar va jozibali kuylarga boy musiqiy dastur Ozbekiston davlat filarmoniyasining Sogdiyona xalq cholguelari kamer orkestri tomonidan taqdim etildi. Ozarbayjon bastakorlarining asarlari orqali tinglovchilar qardosh xalqning boy musiqiy merosi, oziga xos ijro uslubi va milliy ananalari bilan yanada yaqindan tanishish imkoniga ega boldi.
Orkestr ijrosida yangragan har bir kuy oziga xos musiqiy jozibasi, ohanglar uygunligi va tasirchanligi bilan ajralib turdi. Orkestrning badiiy rahbari, Ozbekiston sanat arbobi Firuza Abdurahimova rahbarligida tayyorlangan dastur ijrochilarning mahorati va musiqaga bolgan yuksak masuliyatini namoyon etdi.
Musiqiy kechada Ozbekistonda xizmat korsatgan artist Mohichehra Shomurodova, Rustam Alimardonov, Muhammadali Juraev va boshqa xonandalar ham oz chiqishlari bilan ishtirok etdi. Ular tomonidan ijro etilgan kuy-qoshiqlar konsertga alohida fayz bagishlab, tomoshabinlar olqishiga sazovor boldi.
Tadbir davomida musiqa ikki xalqning qalbini boglovchi, umumiy qadriyatlar va manaviy yaqinlikni ifoda etuvchi kuch ekani yana bir bor namoyon boldi. Zero, ozbek va ozarbayjon xalqlarini azaldan mushtarak tarix, boy madaniy meros va ozaro hurmat rishtalari birlashtirib keladi.
Dostlik konserti ikki davlat ortasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, milliy sanat namunalarini keng targib etish va ijodiy hamkorlikni rivojlantirish yolidagi muhim qadamlardan biri boldi. Konsert yakunida yangragan samimiy olqishlar esa sanatning chegarasiz ekanini, musiqa orqali xalqlar ortasidagi dostlik yanada yuksalishini yaqqol korsatdi.
Mazkur ijodiy kecha ikki mamlakat ortasidagi madaniy-gumanitar aloqalarning naqadar mustahkam ekanini yana bir bor tasdiqladi. Bunday tadbirlar kelgusida ham xalqlarimiz ortasidagi dostona koprik vazifasini bajarishda davom etadi.
Ulashish