← Orqaga
searchTV.uz

Demokratlar AQSh Kongressining ikkala palatasini ham egallashga yaqin turibdi

AQShda 3-noyabr kuni boshlangan oraliq saylovlarda demokratlar Kongressning har ikki palatasida ham ustunlikka erishmoqda. Ovozlar sanog'i hali tugagani yo'q va natijalar aniqlashtirilmoqda. Toshkent vaqti bilan 4-noyabr soat 09:00 holatiga ko'ra, Senatda demokratlar 46 ta, respublikachilar 37 ta o'ringa ega bo'lib turibdi. Palata nazoratini qo'lga olish uchun demokratlarga yana to'rtta o'rin kerak bo'ladi. Bu galgi saylovda Senatning 100 o'rnidan 35 tasi uchun ovoz berildi. Shuningdek, 435 o'rinli Vakillar palatasida demokratlar 140 ta, respublikachilar 78 ta okrugda g'olib chiqdi. Oxirgi saylov uchastkalari Toshkent vaqti bilan 4-noyabr soat 10:00 da yopilishi rejalashtirilgan edi. Garchi ovozlar sanog'i oxirigacha yakunlanmagan bo'lsa-da, nufuzli New York Times nashri joriy natijalarni Trampga umummilliy tanbeh sifatida baholadi. Prognozlarga ko'ra, demokratlarning har ikki palatani to'liq nazorat qilish ehtimoli 95 foizdan yuqori baholanmoqda. Hozirgi vaqtda Kongressning ikki palatasi ham respublikachilar nazoratida qolmoqda. Agar demokratlar 3-yanvarda Vakillar palatasini rasman egallasa, AQSh prezidenti Donald Tramp o'zining ikkinchi muddatida ilk bor Kongressni to'liq nazorat qila olmay qoladi. AQSh hududidagi eng so'nggi saylov uchastkalari, jumladan Alyaska shtatida, AQSh Sharqiy vaqti bilan 4-noyabr kuni soat 01:00 da o'z ishini yakunladi va saylov jarayoni rasman yakuniga yetdi.
Ulashish