← Orqaga
searchTV.uz

Mask Ukrainani Starlink qoidalarini buzganlikda aybladi

SpaceX rahbari Ilon Mask Ukraina armiyasini Starlink suniy yöldoş aloqa tizimidan foydalanish shartlarini buzganlikda va undan dronlar yordamida odamlarni o'ldirish uchun zarbalar berishda foydalanganlikda aybladi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog'ida yozib qoldirdi. Uning so'zlariga ko'ra, tijoriy fuqarolik servisi bo'lgan Starlink tizimidan harbiy maqsadlarda hujum uyushtirish uchun hech qachon ruxsat berilmagan va berilmasligi kerak. Maskning ta'kidlashicha, AQSh hukumati nazorati ostida bo'lgan Starshield tizimi ham mavjud bo'lib, undan qanday foydalanishni hal qilish faqat ularning ixtiyoridadir. Shu bilan birga, u Starlink Ukraina mudofaasi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini, chunki u ishdan chiqarish yoki yo'q qilish imkonsiz bo'lgan yagona aloqa tizimi ekanini qo'shimcha qildi. Agar Starlink o'chirilsa, Ukraina fronti shu zahoti qulashini u ochiq-oydin ta'kidlab o'tdi. Ma'lumot uchun, Starlink - bu SpaceX kompaniyasining keng polosali internetga ulanish imkonini beruvchi tijoriy suniy yo'ldosh tarmog'i bo'lib, undan jismoniy shaxslar, kompaniyalar va davlat tuzilmalari keng foydalanadi. Starshield esa milliy xavfsizlik sohasidagi davlat vazifalari uchun mo'ljallangan alohida yo'nalish bo'lib, qo'shimcha kriptografik himoya vositalari bilan ta'minlangan. Ukraina dronlarini aloqa bilan ta'minlaydigan tarmoqdagi cheklovlar haqidagi dastlabki xabarlar oktabr oyining o'rtalarida paydo bo'lgandi. Ukraina mudofaa vazirining sobiq maslahatchisi Sergey Sternenko terminallar tezligi yuqori bo'lganda aloqa uzilganini ma'lum qilgan edi. Keyinchalik bu cheklovlar yanada kuchaytirilgani va dronlarni boshqarish hamda front ortidagi obyektlarga zarba berish qiyinlashgani xabar qilindi. The Economist nashrining yozishicha, Mask Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga berilgan zarbalari uchun Kiyevni jazolash maqsadida Starlink ishini cheklashga buyruq bergan. Shuningdek, The Wall Street Journal nashri ham Maskning bu borada shaxsan ko'rsatma berganini tasdiqlagan.
Ulashish