← Orqaga
searchTV.uz

AQShda boshlangich maktabda otishma yuz berdi: uch bola va oqituvchi halok boldi

AQShning Oregon shtatidagi Bend shahrida joylashgan boshlangich maktabda qonli otishma sodir booldi. Mahalliy politsiya va ommaviy axborot vositalari tarqatgan maumotlarga kora, fojia oqibatida kamida uch nafar bola va bir nafar oqituvchi halok bolgan. Yana bir oqituvchi hamda yetti yoshli bola ogir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. DW nashrining mahalliy huquq-tartibot organlariga tayanib xabar berishicha, qonli hodisa 15-oktabr kuni yuz bergan. Halok boalgan bolalarning yoshlari besh, sakkiz va on bir yoshda ekani malum qilindi. Hozirgi vaqtda jabrlanganlarning aniq va yakuniy soni aniqlashtirilmoqda, chunki tergov harakatlari davom etmoqda. CNN telekanalining xabar berishicha, maktab binosida otishma uyushtirgan shaxs 16 yoshli osmir bolgan. Hozircha uning shaxsi, ismi va bunday mudhish jinoyatga qol urish sabablari rasman ochiqlanmagan. Tergov organlari osmirning bunday qadamga nima sababdan borganini chuqur organyapti. Dastlabki maumotlarga kora, hujum yuz bergan vaqtda maktabda jami qariyb 400 nafar bola va 40 nafar xodim bolgan. Bu esa fojianing miqyosi yanada katta bolishi mumkinligidan dalolat beradi. Telekanalning mahalliy politsiyaga tayanib xabar qilishicha, qurollangan osmir huquq-tartibot organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelguniga qadar oldirilgan. Dastlabki malumotlarga kora, qurollangan osmirning maktabga bostirib kirganini sezgan mahalliy aholi vakili uni toxtatishga erishgan. Hozirgi kunda AQShning huquq-tartibot organlari ushbu fojiali hodisaning barcha tafsilotlarini sinchkovlik bilan organib chiqmoqda. Maktablardagi xavfsizlik masalalari mamlakatda yana bir bor jiddiy muhokama markaziga aylandi.
Ulashish