Iqtisodiyot
The number of appeals to tax authorities decreased compared to last year
Soliq tulovchilarining murojaatlari, ularda kutarilayotgan masalalar va muammolarni hal etish samaradorligi soliq xizmati organlari faoliyatining muhim yunalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada raqamli xizmatlarni kengaytirish, aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish hamda murojaatlarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etishga alohida etibor qaratilmoqda.
Soliq qumitasining Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig'i Nilufarxon Ganixujayeva ishtirokida utkazilgan brifingda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi. Ta'kidlanganidek, 2026 yilning 9 oyi davomida Soliq qumitasiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 35 ming 42 ta murojaat kelib tushgan. Bu o'tgan yilning mos davridagi 41 ming 821 ta murojaatga nisbatan 6 ming 779 taga kam.
Hududlar kesimida eng kup murojaat Toshkent shahri hissasiga tug'ri kelib, 12 ming 775 tani tashkil etgan. Keyingi urinlarda Toshkent viloyati (3 213 ta), Samarqand viloyati (2 903 ta), Qashqadaryo viloyati (2 460 ta), Farg'ona viloyati (2 131 ta) va Andijon viloyati (1 930 ta) qayd etilgan. Kelib tushgan murojaatlarning barchasi belgilangan tartib va muddatlarda kurib chiqilgan.
Shuningdek, ushbu davrda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari orqali soliq organlariga 22 ming 496 ta murojaat yunaltirilgan. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 804 taga kam. Ularni kurib chiqish natijasida qanoatlantirish kursatkichi 96,3 foizga yetgan.
Murojaatlar sonining kamayishida soliq sohasiga joriy etilayotgan raqamli yechimlar ham muhim urin tutmoqda. Bugungi kunda soliq tulovchilari kuplab xizmatlardan soliq organlariga bormasdan, masofadan turib foydalanish imkoniyatiga ega. Soliqlarni hisoblash, hisobotlarni shakllantirish va yuborish, tulovlarni amalga oshirish hamda zarur ma'lumotlarni olish jarayonlari tobora avtomatlashtirilmoqda.
Xususan, sun'iy intellekt texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan AI soliq platformasi soliq tulovchilarga tezkor maslahat va amaliy yordam kursatishga xizmat qilmoqda. Yana bir muhim yangilik esa soliq hisobotlarining proaktiv tarzda avtomatik shakllantirilishi hisoblanadi. Bunda soliq tulovchi hisobotni mustaqil ravishda qayta tayyorlashi shart emas.
Unga tayyor holda shakllantirilgan hisobotni tekshirish, zarur bulsa, tuzatish kiritish va elektron tasdiqlash imkoniyati yaratilgan. Brifingda qayd etilganidek, asosiy etibor faqat kelib tushgan murojaatlarni kurib chiqishga emas, balki ularga sabab bulayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilmoqda.
Ulashish