← Orqaga
searchTV.uz

AQSh Okinavadagi qotillik surishtiruvida Yaponiyaga yordam beradi

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Yaponiyaning Okinava orolida amerikalik dengiz piyodasi tomonidan mahalliy ayol o'ldirilishi bilan bog'liq hodisa yuzasidan olib borilayotgan tergovda Yaponiya rasmiylari bilan to'liq hamkorlik qilishga va'da berdi. Davlat departamenti ma'lumotiga ko'ra, Rubio Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimicu Motegi bilan telefon orqali gaplashib, marhum fuqaroning oilasiga chuqur hamdardlik bildirgan. Shuningdek, AQSh tomoni tergov jarayonida mamlakat hukumati va mahalliy hokimiyat idoralari bilan yaqin hamkorlik qilish, jarayonga har tomonlama ko'maklashishga tayyorligini ta'kidladi. Mahalliy politsiya ma'lumotiga ko'ra, Futenma dengiz piyodalari qo'shinida xizmat qiluvchi Devin Jeykob Ballard 4 oktyabr kuni Naxa shahridagi mehmonxonada 39 yoshli Anna Yagiga nisbatan talonchilik va qotillikda gumonlanib qo'lga olingan. Harbiy xizmatchi o'ziga qo'yilgan ayblovni inkor etmoqda. Ushbu fojea hududda ommaviy norozilik keltirib chiqardi va jamoatchilik o'rtasida keskin muhokamalarga sabab bo'ldi. Fojiqli voqeadan so'ng mintaqadagi Amerika harbiylari uchun bir oy muddatga komendantlik soati joriy etildi. Shuningdek, spirtli ichimlik iste'mol qilish taqiqlanib, intizom qoidasi bo'yicha maxsus mashg'ulotlar o'tila boshlandi. Bu choralar AQSh harbiylarining intizomini mustahkamlash va mahalliy aholi bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ziddiyatlarning oldini olishga qaratilgan. Ma'lumki, Yaponiya hududida AQShning xorijdagi eng yirik harbiy kontingentlaridan biri joylashgan. Mamlakatdagi 18 000 amerikalik dengiz piyodasi qo'shinining asosiy qismi aynan Okinava orolida xizmat qiladi. Bu kabi holatlar ikki davlat o'rtasidagi harbiy bazalar bo'yicha kelishuvlarga va xavfsizlik masalalariga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Muqobil muloqot davomida Marko Rubio va Tosimicu Motegi Xalqaro jinoyat sudiga nisbatan AQSh tomonidan joriy etilgan sanksiya masalasini ham muhokama qildilar. Tomonlar xalqaro huquq va global xavfsizlikka doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, suhbat chog'ida 30 oktyabr kuni Atlanta shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan G20 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari sammitiga tayyorgarlik masalalari ko'rib chiqildi. Mazkur uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun muhim platforma bo'lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Ulashish